Главная  Мобильная версия

2025-yil 30-aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga a’zo maktablar uchun oflayn seminar-trening tashkil etildi.


Eco-Schools Uzbekistan

2025-yil 30-aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga a’zo maktablar uchun oflayn seminar-trening tashkil etildi. 

Seminarga viloyatning 10 ta maktablaridan 50 nafar maktab direktorlari, o’qituvchi va o’qituvchi yoshlar ishtirok etdi. Seminardan asosiy maqsad, ishtirokchilarga iqlim o‘zgarishi, xalqaro iqlim hujjatlari, yoshlarning ekologik faoliyati, “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi va 7 qadam metodologiyasi haqida ma’lumotlar berish bo’ldi. Tadbir qiziqarli bahs-munozaralar, turli jamoaviy o’yinlar va ko’rgazmalar bilan qizg’in tarzda olib borildi

views: 94