📖Surxondaryolik o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lishdi
Tatariston Respublikasining “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan MDH xalqaro onlayn chempionati final bosqichida surxondaryolik bilimdonlar yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar.
Natijalar quyidagicha:
🇺🇿 1-o‘rin – Annurbek Gaybullayev
🇺🇿 2-o‘rin – Asadbek Abrorov
🇺🇿 3-o‘rin – Abu Bakir Asadullayev
Uch nafar g‘olib ham — Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchilari.
Bu yutuq — nafaqat maktab, balki butun Surxondaryo viloyati faxri. Yoshlarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarining fidokorona mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi ulkan natijalarni keltirmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasining 11 nafar finalchisi ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 10 nafari Surxondaryolik ekanligi — o‘z-o‘zidan hududimizning ilmiy salohiyati qanchalik yuksak ekanidan dalolatdir.
G‘oliblarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!