
"O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan. Mutal Burhonov musiqasi. Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga
yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki
bor jahon!
Naqarot:Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar
mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo
aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar
senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu
bo'l obod!
Naqarot:Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar
mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo
aylagan diyor!