Bosh sahifa  Mobil versiya

2023 - 2024o`quv yilida o`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari

Maktabgacha maktab ta'limi vazirining 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug'i bilan 2023-2024-o'quv yilida umumta'lim muassasalarida o'quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi tartib tasdiqlandi. Unga ko'ra yakuniy nazorat imtihonlari o'tkaziladigan fanlarning ro'yxati va imtihon o'tkazish shakllari quyidagicha belgilandi: 9-sinf uchun Ona tili va adabiyot-yozma Davlat tili (ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan sinflar uchun)-yozma Matematika-yozma O'zbekiston tarixi-yozma va og'zaki Jismoniy tarbiya-amaliy Yakuniy nazorat: 11-sinf uchun Ona tili va adabiyot-yozma(insho) Matematika-yozma O'zbek tili (ta'lim o'zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta muassasalari uchun)-yozma va og'zaki. Ta'lim muassasasi tanlovi** Chet tili-yozma/og'zaki O'zbekiston tarixi-yozma/og'zaki *O'quvchining tanlovi bo'yicha: Kimyo Fizika Davlat huquq asoslari Geografiya-yozma Izoh: *11-sinfda har bir o'quvchining ixtiyoriy tanloviga ko'ra tanlov(variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilishidan bir oy oldin o'quvchining arizasiga ko'ra tanlanadi. *11-sinfda har bir o'quvchining ixtiyoriy tanloviva ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilishidan bir oy oldin ta'lim muassasasi tomonidan tanlanadi. Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi. 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan 27-may, Matematika fanidan-30-may kunlari bitiruv imtihonlari o'tkaziladi. 11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan 29-may, Matematika fanidan 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o'tkaziladi. Ko'zi ojiz, zaif ko'ruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar umumta'lim muassasalariga qo'yilgan talablar asosida o'tkazilsin(Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno). Ko'r, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani bo'yicha imtihonlar o'tkaziladi.