
Denov tumanidagi 74-maktabda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. Bahor nafasi, yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lgan ushbu bayramda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz namoyon etildi.
Tadbir davomida xalqimizga xos bo‘lgan urf-odatlar, milliy o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayram sayillarida o‘quvchilar va ustozlar faol ishtirok etib, an’anaviy taomlar tayyorlandi, turli musobaqalar tashkil etildi.
Navro‘z – bu faqatgina tabiat uyg‘onishi emas, balki mehr-oqibat, ezgulik va ahillik bayrami hamdir. Ushbu tadbir maktab jamoasi va mehmonlarga iliq kayfiyat ulashdi, do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamladi.
74-maktab jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, farovonlik va baxt-saodat tilab qoladi!