
✅Joriy o’quv yilida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi hamkorligida maktablarning 9-11-sinf o’quvchilari o’rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlari bo’yicha olimpiada o’tkazildi.
➡️Unda Surxondaryo, Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidan 2 mingdan ortiq o’quvchilar ishtirok etgan bo’lsa, ularning 1 ming 600 nafari aynan surxondaryolik o’quvchilarni tashkil etadi.
🌎Quvonarlisi, Denov tumanidagi 74-maktab o’quvchilari ushbu olimpiadada 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
⭐️Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xusniddin Mamadiyev hamda “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi direktorining o’rinbosari Ildar Tazutdinov ishtirokida taqdirlash marosimi o’tkazildi.
📚Unda olimpiada g’olib va sovrindorlari, faol ishtirokchilari hamda ularning ustozlariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
💠Shuningdek, “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi bilan keng hamkorlik yo’lga qo’yish va mazkur olimpiadani o’tkazishda yaqindan yordam berganligi uchun boshqarma boshlig’i hamda boshqarmaning bir guruh xodimlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
👍Telegram (https://t.me/surxonvmmtb) 👍Facebook (https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb)
👍Instagram (https://www.instagram.com/sv_mmtb/) 👍You tube (https://www.youtube.com/channel/UC8yvh-M1nDkj-aoEv6FKX-Q)
👍Twitter (https://x.com/Sur_v_MMTB?t=e110Dp64V0GzfMuz614Reg&s=09) 👍Veb-sayt (https://surxonedu.uz/uz.html)