
2024–2025 o‘quv yilida 74-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf va 11-sinf o‘quvchilari uchun tantanali "Bitiruvchi kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning maktab hayoti bilan xayrlashuvi, ustozlarga minnatdorchilik bildirishlari va kelajakka katta orzular bilan qadam qo‘yishlarini ifodaladi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va samimiy tabriklar barchaga iliq kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va ularga yorqin kelajak yo‘lida omadlar tilandi.
Bitiruvchilarimizga kelajakdagi hayotlarida zafarlar, kuchli iroda va ezgu maqsadlar sari dadil qadamlar tilaymiz!